Afrasiab University “Tillar” kafedrasi katta oʻqituvchisi Lutfullayeva Umida va oʻqituvchi Zilolova Gulhayo Yurisprudensiya 26-2 hamda Filologiya (ingliz tili) 25-1 guruhlari talabalari bilan Abdulla Qodiriy memorial muzeyiga ekskursiya uyushtirdilar.
Tashrif davomida talabalar atoqli adib hayoti va ijodi haqida qiziqarli maʼlumotlarga ega boʻldilar. Adib xotirasini yod etish maqsadida ingliz tilida madaniy-maʼnaviy suhbat tashkil etilib, talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Mazmunli uchrashuv ishtirokchilarda iliq taassurotlar qoldirib, milliy adabiy merosimizga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirdi.