AFRASIAB UNIVERSITY
0

Sahifa yuklanmoqda

Afrasiab University

Talabalarning ijara xonadonlaridagi yashash sharoitlari oʻrganildi


Talabalarning ijara xonadonlaridagi yashash sharoitlari oʻrganildi

Afrasiab University Yoshlar masalalari, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori Abdullayev Akmal Amirovich boshchiligida talabalarning ijara xonadonlaridagi yashash sharoitlari oʻrganildi.

Oʻrganish davomida talabalarning yashash sharoitlari va xonadonlarning xavfsizlik holatiga eʼtibor qaratildi.

Shuningdek, kuz-qish mavsumini xavfsiz oʻtkazish yuzasidan talabalarga tushuntirish ishlari olib borildi. Jumladan, isitish moslamalari, elektr va gaz jihozlaridan xavfsiz foydalanish, yongʻin hamda is gazidan zaharlanish holatlarining oldini olish boʻyicha zarur tavsiyalar berildi.

Talabalarga xavfsizlik qoidalariga qatʼiy rioya qilish va oʻz salomatligiga masʼuliyat bilan yondashish tavsiya etildi.

Talabalarning ijara xonadonlaridagi yashash sharoitlari oʻrganildi