AFRASIAB UNIVERSITY
0

Sahifa yuklanmoqda

Afrasiab University

Institut Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti yetakchisi saylandi


Institut Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti yetakchisi saylandi

Ijtimoiy va siyosiy fanlar institutida Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti yetakchiligi uchun saylov boʻlib oʻtdi.

Saylovda 100 ga yaqin delegat roziligiga koʻra kotibiyatning 3 nafar aʼzosi tasdiqlandi: yoshlar masalalari, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor Mamirov O.U., tyutor Usmonov Shohrux Farhod oʻgʻli va talaba Jasur Sobirov.

Boshlangʻich tashkilot yetakchiligiga 3 nafar talaba oʻz nomzodini taqdim etdi:

  • Nusratillayev Abdurahmon Abduraufovich
  • Muxiddinov Asliddin Nuriddin oʻgʻli
  • Uzbekova Nozima Aʼzamovna

Nomzodlar oʻz saylovoldi dasturlari bilan ishtirok etib, rejalarini taqdim qildilar.

Yakuniy saylov natijalariga koʻra, eng koʻp ovoz toʻplagan Uzbekova Nozima Aʼzamovna institut yoshlar yetakchisi etib saylandi.

Institut Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti yetakchisi saylandi