2-oktabr kuni Ijtimoiy va siyosiy fanlar institutida 1-bosqich talabalari uchun 2025/2026-oʻquv yili boshlandi. Bu sana har bir talaba hayotida unutilmas bosqich, yangi orzular, imkoniyatlar va kashfiyotlar sari yoʻlning boshlanishidir.
Barcha talabalarimizga bu oʻquv yilida ulkan yutuqlar, mustahkam bilimlar, unutilmas lahzalar va yorqin muvaffaqiyatlar tilaymiz! Har bir kuningiz yangi ilhom, har bir dars esa kelajak sari dadil qadam boʻlsin!