Filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent vazifasini bajaruvchi Sarsenbaeva Zoya Jangabay qizi — Ijtimoiy va siyosiy fanlar instituti Pedagogika va tillar kafedrasi mudiri.
Shu kunga qadar turli oliy taʼlim muassasalarida ingliz tili oʻqituvchisi va dotsent vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat yuritgan.
1993-yil Chimboy tumanida tugʻilgan. Ingliz, rus va nemis tillarida erkin soʻzlasha oladi.
2023-yil Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi sohibasi boʻlgan.
Z. J. Sarsenbaevaga kelgusi ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.