AFRASIAB UNIVERSITY
0

Sahifa yuklanmoqda

Afrasiab University

Putra Malayziya universiteti bilan “Agroturizm va ekoturizm” mavzusidagi xalqaro webinarlar turkumi


Putra Malayziya universiteti bilan “Agroturizm va ekoturizm” mavzusidagi xalqaro webinarlar turkumi

Putra Malayziya universiteti bilan “Agroturizm va ekoturizm” mavzusidagi xalqaro webinarlar turkumi
2025-yil 28-noyabr kuni Ijtimoiy va siyosiy fanlar instituti (ISFI, hozirgi Afrasiab University) tashabbusi bilan Putra Malayziya universiteti (Universiti Putra Malaysia — QS World University Rankings reytingida 134-oʻrin, THE World University Rankings reytingida 501–600-oʻrinlar, CWUR boʻyicha Malayziyada 4-oʻrin) bilan hamkorlikda “Agroturizm va ekoturizm” mavzusidagi xalqaro webinarlar turkumining navbatdagisi boʻlib oʻtdi.
Webinarda institutning Ilmiy tadqiqotlar va xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi M. Muxamedov hamda Alfraganus universiteti Turizm fakulteti professor-oʻqituvchilari va talabalari ishtirok etdi.
Webinar davomida Alfraganus universiteti Xalqaro turizm menejmenti kafedrasi dotsenti v.b. Aziza Sadullayeva “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga turistik tashriflarni muvofiqlashtirish boʻyicha innovatsion marketing rejasini ishlab chiqish”, Putra Malayziya universiteti Inson ekologiyasi fakultetidan Dr Askiah Binti Jamaluddin esa “Mikrokorxonalarning Malayziyada ayollarning iqtisodiy rivojlanishiga taʼsiri” mavzularida maʼruza qildi. Maʼruzalardan soʻng ishtirokchilar ushbu mavzular yuzasidan fikr almashdilar.
Webinarlar turkumi Oʻzbekiston va Malayziya tadqiqotchilariga barqaror turizm, tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ayollarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish boʻyicha milliy yondashuvlarni solishtirish va ilgʻor tajriba almashish imkonini beradi. U quyidagi Barqaror rivojlanish maqsadlariga hissa qoʻshadi:
BRM 5 – Gender tengligi
BRM 8 – Munosib mehnat va iqtisodiy oʻsish
BRM 12 – Masʼuliyatli isteʼmol va ishlab chiqarish
BRM 15 – Quruqlikdagi hayot
BRM 17 – Maqsadlar yoʻlidagi hamkorlik

Putra Malayziya universiteti bilan “Agroturizm va ekoturizm” mavzusidagi xalqaro webinarlar turkumi