AFRASIAB UNIVERSITY
0

Sahifa yuklanmoqda

Afrasiab University

“Huquq bilimdonlari” respublika bilimlar bellashuvi eʼlon qilindi


“Huquq bilimdonlari” respublika bilimlar bellashuvi eʼlon qilindi

8-dekabr — Konstitutsiya kuni hamda 9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni munosabati bilan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va oʻquvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi “Huquq bilimdonlari” respublika bilimlar bellashuvini eʼlon qiladi.

Tanlovda barcha davlat, xususiy va xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriat va magistratura talabalari roʻyxatdan oʻtib ishtirok etishi mumkin.

Tanlov gʻoliblari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan diplom va quyidagi miqdordagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

  • 1-oʻrin — 6 million soʻm;
  • 2-oʻrin — 5 million soʻm;
  • 3-oʻrin — 4 million soʻm.

Talaba-yoshlar tanlovda faol ishtirok etishga va korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha bilimlarini sinovdan oʻtkazishga taklif etiladi.

“Huquq bilimdonlari” respublika bilimlar bellashuvi eʼlon qilindi