AFRASIAB UNIVERSITY
0

Sahifa yuklanmoqda

Afrasiab University

Talaba va bitiruvchilar uchun boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi


Talaba va bitiruvchilar uchun boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti boshchiligida 2025-yil 8-avgust kuni oʻtkazilgan yigʻilishda talaba va bitiruvchilarning mehnat bozoriga muvaffaqiyatli kirib borishi, oʻz mutaxassisligi boʻyicha munosib ish topishi hamda ish beruvchilar bilan bevosita muloqot tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha muhim topshiriqlar berilgan edi.

Mazkur topshiriqlar ijrosi doirasida 2025-yil 27-noyabr kuni yirik ish beruvchilar ishtirokida boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi hamda mehnat bozoridagi dolzarb tendensiyalar yuzasidan ochiq suhbat tashkil etildi.

Ijtimoiy va siyosiy fanlar instituti jamoasi mazkur tadbirda oʻquv ishlari boʻyicha boʻlim boshligʻi Parpi-Aliyev Elyor boshchiligida ishtirok etmoqda.

Ushbu yarmarka talaba va bitiruvchilar uchun quyidagi imkoniyatlarni taqdim etuvchi muhim maydondir:

  • ish beruvchilar bilan bevosita tanishish;
  • oʻz yoʻnalishi boʻyicha ish topish imkoniyatlarini kengaytirish;
  • mehnat bozori talablariga oid dolzarb maʼlumotlarga ega boʻlish.

Talaba va bitiruvchilar uchun boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi