Ijtimoiy va siyosiy fanlar institutida “ISFI Talabalar ligasi” va “Besh tashabbus olimpiadasi” boshlanmoqda.
Talabalar musobaqalarda ishtirok etib, oʻz qobiliyatlarini namoyish etish va kursdoshlari bilan bellashish imkoniyatiga ega.
Barcha talabalar quyidagi sport turlari boʻyicha musobaqalarga taklif etiladi:
- Mini-futbol
- Voleybol
- Shaxmat va shashka
- Basketbol
- Stol tennisi
Musobaqalar oktabr–noyabr oylarida oʻtkaziladi. Roʻyxatdan oʻtish muddati — 12-oktabr.
Qoʻshimcha maʼlumot va roʻyxatdan oʻtish masalalari boʻyicha aloqa telefoni: +998949181797.
Talabalarni hayajon va ehtiroslarga boy bellashuvlar kutmoqda. ISFI bilan sogʻlom hayotni quramiz!