AFRASIAB UNIVERSITY
0

Sahifa yuklanmoqda

Afrasiab University

Nozima Uzbekova institutdagi Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti yetakchisi etib saylandi


Nozima Uzbekova institutdagi Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti yetakchisi etib saylandi

Ijtimoiy va siyosiy fanlar instituti 4-bosqich talabasi Uzbekova Nozima Aʼzamjon qizi Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqining institutdagi boshlangʻich tashkiloti yetakchisi etib saylandi.

Boshlangʻich tashkilotning maqsad va vazifalari

Boshlangʻich tashkilotning asosiy maqsadi taʼlim muassasalarida yoshlarning taʼlim-tarbiya olishi uchun munosib sharoit yaratishga koʻmaklashish, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda har tomonlama barkamol shaxslar boʻlib yetishishiga munosib hissa qoʻshishdan iborat.

  • Oliy taʼlim muassasasi yoshlarining muammolari, taʼlim sifati, fanlarni oʻzlashtirish darajasi, davomati, darsliklar va kutubxonadan foydalanish darajasini oʻrganib borish, yoshlar murojaatlarini koʻrib chiqish va hal etishda koʻmaklashish.
  • Isteʼdodli yoshlarni kashf etish, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirishga qaratilgan ishlarni amalga oshirish, intellektual va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga koʻmaklashadigan klub va toʻgaraklar faoliyatini tashkil etish.
  • Yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish, ularning kitobga boʻlgan muhabbatini oshirish va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish.
  • Oliy taʼlim muassasasi yoshlari oʻrtasida yoshlar turizmini rivojlantirish, ularning oʻzlari yashayotgan hududdagi tarixiy obidalar, muqaddas qadamjolar, muzeylar, teatrlar va mustaqillik davrida barpo etilgan inshootlarga tashrifini uyushtirish.
  • Yoshlar, ayniqsa, qiz bolalar oʻrtasida sportni keng targʻib etish, ularning sportga boʻlgan qiziqishini qoʻllab-quvvatlash va turli sport musobaqalarida ishtirok etishi uchun zarur sharoitlarni yaratish.
  • Yoshlarga tibbiy madaniyat, xususan, kasalliklardan himoyalanish yoʻllarini keng tushuntirishga qaratilgan targʻibot tadbirlarini tashkil etish.
  • Yoshlar oʻrtasida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni targʻib qilish orqali ularda ekologik madaniyatni yuksaltirish, ekologik tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash.

Nozima Uzbekova institutdagi Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti yetakchisi etib saylandi