Ijtimoiy va siyosiy fanlar instituti mobil va kompyuter oʻyinlariga qiziquvchi talabalarni «GAME-ON» kibersport musobaqasining 1-mavsumiga taklif etadi.
Ilk turnir ikkita videooʻyin boʻyicha oʻtkaziladi:
- PUBG — mobil qurilmada;
- Counter-Strike 1.6 — kompyuterda.
Ishtirok etish shartlari:
- PUBG va Counter-Strike 1.6 jamoalarining har birida 5 nafardan oʻyinchi boʻlishi kerak.
- Jamoa aʼzolari faqat ISFI instituti talabalari boʻlishi shart.
- Bitta yoʻnalishdan bir nechta jamoa qatnashishi yoki turli yoʻnalish talabalari bir jamoa tuzishi mumkin.
- Roʻyxatdan oʻtishda jamoa aʼzolarining ism-familiyalari, jamoa nomi va logotipi taqdim etilishi kerak.
Gʻoliblar qimmatbaho sovrinlar va diplomlar bilan taqdirlanadi.
Roʻyxatdan oʻtish muddati: 12-oktabr.