2025-yil 10-sentyabr kuni Ijtimoiy va siyosiy fanlar institutida “Jaholatga qarshi – maʼrifat bilan kurash!” va “Davlat va din masalalari” mavzularida maʼnaviy-maʼrifiy suhbat boʻlib oʻtdi.
Davra suhbatida Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning masʼul xodimi Abdulfattohov Moʻminmirzo maʼruza bilan qatnashdi.
Tadbirda dinning tinchlik va ezgulikni targʻib qilishi, undan turli nopok maqsadlarda foydalanishga yoʻl qoʻymaslik, yoshlarning diniy, dunyoviy, axloqiy va ilmiy salohiyatini yuksaltirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, maʼnaviy va diniy aqidaparastlikning har qanday koʻrinishlarini oldini olish, yurt istiqboliga sadoqat va tinchlikni asrashga oid qarashlarni shakllantirish haqida soʻz bordi.
Davlat tomonidan vijdon va eʼtiqod erkinligini taʼminlash, diniy va dunyoviy ilmlarni birdek oʻrganish borasida olib borilayotgan islohotlarga ham toʻxtalib oʻtildi.
Tadbir yakunida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.