2026-yil 26-oktabr kuni universitetda talaba-yoshlarning vatanparvarlik tuygʻularini yuksaltirish, milliy tariximizda chuqur iz qoldirgan buyuk sarkardalar hayoti va jasoratini keng targʻib etish maqsadida “Jaloliddin Manguberdi vorislari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Avariya-tiklash markazi boshligʻining tarbiyaviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, mayor Mirzaxmedov Rustamjon Rajabaliyevich hamda Maxsus avariya-tiklash boshqarmasi qoʻriqlash otryadi komandirining tarbiyaviy-mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, kapitan Neʼmatov Feruzbek Qobiljonovich ishtirok etdi.
Davra suhbati davomida mehmonlar buyuk sarkarda Jaloliddin Manguberdining hayoti, mardligi, jasorati va Vatan ozodligi yoʻlida koʻrsatgan fidoyiligi haqida soʻz yuritib, talaba-yoshlar bilan oʻzaro fikr almashdilar.