Afrasiab Universityda rus tili fanidan “Склонение русских прилагательных” — rus tilida sifatlarning turlanishi mavzusida ochiq dars tashkil etildi.
Dars davomida talabalar sifatlarning kelishiklar boʻyicha oʻzgarishi, otlar bilan moslashuvi va mavzuga oid grammatik qoidalarni oʻrgandilar.
Interaktiv mashgʻulotlar orqali nazariy bilimlar mustahkamlanib, talabalarning rus tilida savodli va toʻgʻri muloqot qilish koʻnikmalari rivojlantirildi.