2025-yil 4-oktabr kuni Ijtimoiy va siyosiy fanlar institutida 2-sonli kengaytirilgan Kengash majlisi boʻlib oʻtdi.
Majlis davomida Kengash aʼzolari bilan 2025/2026 oʻquv yilida 1-bosqich talabalarini kutib olish va ularning oʻquv jarayoniga moslashishini taʼminlash masalalari koʻrib chiqildi. Shuningdek, oʻquv jarayonini tashkil etish bilan bogʻliq kredit-modul tizimi, dars tahlili, HEMIS dasturining yuritilishi va talabalar davomati muhokama qilindi.
Bundan tashqari, kafedralarning ilmiy salohiyati, olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari hamda har bir kafedra kesimida tayyorlangan fan dasturlari, sillabuslar va oʻquv-uslubiy majmualarning sifati atroflicha muhokama qilindi.