Afrasiab University Xalqaro munosabatlar kafedrasi tomonidan “Xalqaro munosabatlar tarixi” fani doirasida “Sovet Ittifoqining parchalanishi” mavzusida ochiq dars tashkil etiladi.
Darsda tarixning muhim burilish nuqtalaridan biri — Sovet Ittifoqining parchalanishi, uning sabablari va xalqaro siyosiy jarayonlarga taʼsiri haqida bilimlarni boyitish imkoniyati yaratiladi.
- Maʼruzachi: Farxod Tolipov — siyosiy fanlar boʻyicha falsafa doktori.
- Sana: 11-noyabr
- Vaqt: 10:30
- Manzil: Universitet majlislar zali
Mavzuga qiziqish bildirgan barcha talabalar va professor-oʻqituvchilar ochiq darsda ishtirok etishga taklif etiladi.