AFRASIAB UNIVERSITY
0

Sahifa yuklanmoqda

Afrasiab University

Vakillarimiz Erasmus+ xalqaro konferensiyasi va IX ilmiy-taʼlim forumida


Vakillarimiz Erasmus+ xalqaro konferensiyasi va IX ilmiy-taʼlim forumida

2025-yil 27-noyabr kuni jamoamiz vakillari Erasmus+ Oliy taʼlimni isloh qilish boʻyicha ekspertlar xalqaro konferensiyasi va IX ilmiy-taʼlim forumida faol ishtirok etmoqda. Anjuman mavzulari — “Oliy taʼlim taraqqiyoti istiqbollari” hamda “Ilmiy maʼlumotlarga kirish va nashr etish faoliyati”.

Anjumanda Pedagogika va tillar kafedrasi mudiri Z.J.Sarsenbaeva hamda institutning Filologiya yoʻnalishi talabalari A.Yusupjanova, O.Rustambekova va Ch.Azimova jamoamiz nomidan qatnashmoqda.

Konferensiyaning asosiy maqsadi — oliy taʼlim tizimini rivojlantirish samaradorligini oshirish, ilgʻor tajribalarni almashish, global ilmiy-taʼlimiy tendensiyalarni muhokama qilish, shuningdek, ilmiy nashriyot faolligini kuchaytirishdir.

Tadbirda quyidagilar ishtirok etmoqda:

  • Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakillari;
  • rektorlar va prorektorlar;
  • professor-oʻqituvchilar;
  • Erasmus+ loyiha koordinatori;
  • Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi davlatlaridan yetakchi mutaxassislar.

Vakillarimiz Erasmus+ xalqaro konferensiyasi va IX ilmiy-taʼlim forumida