AFRASIAB UNIVERSITY
0

Sahifa yuklanmoqda

Afrasiab University

“Zakovat” intellektual oʻyinining chorak final bahslari boshlanadi


“Zakovat” intellektual oʻyinining chorak final bahslari boshlanadi

Talabalarimiz oʻrtasida oʻtkazilayotgan “Zakovat” intellektual oʻyinining navbatdagi muhim bosqichi — chorak final bellashuvlariga start beriladi.

Saralash bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtgan quyidagi 14 ta jamoa oʻz bilimlari, mantiqiy fikrlashi, tezkorligi va jamoaviy salohiyatini yana bir bor namoyon etadi:

  • “Qonun jamoasi” — jamoa sardori Bekzod Nuraliyev.
  • “Team elite” — jamoa sardori Abubakr Rashidov.
  • “Afina” — jamoa sardori Muslimaxon Ulugʻnazarova.
  • “Falcon” — jamoa sardori Adxam Odilov.
  • “Baytul ilm” — jamoa sardori Muslima Eshonova.
  • “Yuristlar” — jamoa sardori Azamat Abduraimov.
  • “Femida” — jamoa sardori Charos Xoʻjanova.
  • “Legal Mind” — jamoa sardori Xushnud Raxmonberdiyev.
  • “Renessans” — jamoa sardori Diyorbek Berdiyorov.
  • “The best” — jamoa sardori Asadxon Saʼdullayev.
  • “Rayan” — jamoa sardori Maftuna Sattarova.
  • “Leviafan” — jamoa sardori Sardor Ismoilov.
  • “Matrix” — jamoa sardori Javohir Alimjonov.
  • “Avengers” — jamoa sardori Abdurahmon Nusratillayev.

Bu bosqichda har bir savol muhim, har bir soniya qadrli, har bir toʻgʻri javob esa gʻalabaga eltuvchi qadamdir.

Kimlar yarim final sari yoʻl oladi? Kimning bilimi va tafakkuri ustun keladi? Buni “Zakovat” maydonidagi keskin bahslar hal qiladi!

Barcha jamoalarga omad va muvaffaqiyat tilaymiz!

“Zakovat” intellektual oʻyinining chorak final bahslari boshlanadi