✨Universitet tomonidan barcha xarajatlari to‘liq qoplangan holda Zakovat finali g‘oliblari uchun qadimiy va betakror Xiva shahriga 2 kunlik unutilmas sayohat tashkil etildi!
🌀 Mazkur sayohatda Ijtimoiy va siyosiy fanlar instituti professor-o‘qituvchilari hamda faol talabalari ishtirok etib, Xorazmning boy tarixi, milliy qadriyatlari va betakror obidalari bilan yaqindan tanishmoqdalar.
🔵 Ilm, zakovat va birlikni qadrlaydigan yoshlar uchun yaratilayotgan bunday imkoniyatlar talabalarning nafaqat bilimini, balki dunyoqarashini ham kengaytirishga xizmat qiladi. 💫
📍Xiva — tarix nafasi ufurib turadigan maskan!
✨Unutilmas lahzalar, samimiy jamoa va yorqin taassurotlar esa bu safarni yanada mazmunli qilmoqda.
🔵Ijtimoiy va siyosiy fanlar instituti professor-o‘qituvchilari hamda talabalari bilan birgalikda ushbu safardan eng qiziqarli jarayonlar, taassurotlar va unutilmas onlarni kanalimiz orqali muntazam ulashib boramiz.
🤔 Bizni kuzatishda davom eting!