Afrasiab University ilmiy seminarlar turkumini davom ettiradi. «Ilmiy maqolani nashr qilish» nomli 1-blok doirasida «IMRaD formati va ilmiy etika» mavzusidagi 2-seminar oʻtkaziladi.
Seminar dasturi:
- 1.2. Xalqaro IMRaD formati va ilmiy maqolalar turlari (oʻtgan seminardan davomi).
- 2.1. Ilmiy faoliyatda ilmiy etika tamoyillari.
- 2.2. Ilmiy tadqiqotda AI vositalaridan foydalanish.
Sana: 2026-yil 10-noyabr, seshanba.
Vaqt: 14:00.
Davomiyligi: 80 daqiqa.
Format: oflayn.
Joy: 2-qavat, majlislar zali.
Manzil: Afrasiab University (Gʻafur Gʻulom metrosi).
Seminar Afrasiab University professor-oʻqituvchilari va magistrantlari, shuningdek, boshqa OTMlar professor-oʻqituvchilari, ilmiy izlanuvchilari va magistrantlari uchun moʻljallangan.
Maʼruzachi: M. Fayziyeva — Afrasiab University Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori, i.f.f.d. (PhD).
Ilmiy maqola yozish va nashr qilish yoʻlini tizimli oʻrganmoqchi boʻlgan tadqiqotchilar seminarga taklif etiladi.